Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmatsevtika sohasidagi zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar va ta’lim yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda
15:26 / 2024-11-07

Mamlakatimizda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, soha bo‘yicha mahalliy va xalqaro ekspertlar o‘rtasida tajriba almashish, yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar ham tarmoq rivojiga asos bo‘ladi.

«Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish  klasterida Farmatsevtika texnik universiteti, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida xalqaro konferensiya tashkil etilmoqda.

Tadbirda farmatsevtika sohasidagi zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar va ta’lim yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

7-8 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan konferensiyada Hindiston, AQSH, Janubiy Koreya, Vengriya kabi davlatlardan kelgan 65 ga yaqin olim o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etadi, deyiladi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lumotida.

Ta’kidlash joizki, tadbir mahalliy va xalqaro ekspertlar o‘rtasida tajriba almashish, yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun maydoncha bo‘lib xizmat qiladi.

M.HOJIAKBAROVA,

O‘zA