Farmatsevtika sohasidagi bir qator cheklovlar bekor qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21 yanvarda qabul qilingan “2022-2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, farmatsevtika sohasidagi cheklovlarni kamaytirish yo‘nalishida qator ishlar amalga oshiriladi.
Jumladan,
– donor qonini to‘plash va uning asosida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni xususiy tartibda amalga oshirishga taqiq;
– dori vositalarining klinik tadqiqotlarini sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazishga cheklov;
– xalqaro brendlar asosida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda mavjud quvvatlardan to‘liq foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida tarkibi bir xil bo‘lgan dori vositalarini bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida ishlab chiqarishga cheklovlar bekor qilinadi.
O‘zA