Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmatsevtika sohasida tadbirkorlar huquqlari himoyasi muhokama qilindi
17:38 / 2025-04-04

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Biznes-ombudsman devoni va "Zarur amaliyotlar markazi - GxP" davlat muassasasi vakillari ishtirokida tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda "Zarur amaliyotlar markazi - GxP" davlat muassasasi faoliyatini raqamlashtirish, audit guruhini shakllantirish, farmatsevtik inspeksiya jarayonini takomillashtirish va sertifikatlar topshirishdagi kechikishlarning oldini olish kabi masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘iga, xususan laboratoriya va test materiallari ishlab chiqarish, mamlakatimizda farmatsevtika tarmog‘iga qaratilgan e’tibor, investitsion imtiyozlar va shu kunga qadar erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Muhokamalar yakunida qonun buzilishlari va korrupsiya holatlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA