Farmatsevtika sohasida Italiya kompaniyalari bilan kelishuvga erishildi
Italiyada joriy yil 9-11 noyabr kunlari farmatsevtika sohasidagi yirik halqaro tadbir – “CPHI Worlwide-202”1 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillaridan iborat delegatsiya ham Italiyaga tashrif buyurib, ko‘rgazma doirasida “SiSo Pharm” va “Velasco Pharmaceuticals” farmatsevtik kompaniyalari bilan muzokaralar olib bordi.
Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, delegatsiya a’zolari shuningdek, Italiya-O‘zbekiston savdo palatasi prezidenti Luiji Iperti va direktorlar kengashi a’zosi Jiorjio Veronezi bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki davlat o‘rtasida farmatsevtika va tibbiy texnika sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash borasida kelishuvlarga erishildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA