French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmatsevtika sohasida hamkorlik muhim (+video)
18:20 / 2025-09-12

Har bir sohaning taraqqiyoti ilm bilan belgilanadi. Masalan, farmatsevtika sanoatida kim ko‘p ilm qilsa, dori vositalari va uskunalarini doimiy ravishda yangilab borsa ana shu ishlab chiqaruvchi bu yirik bozorda g‘olib. Zero, dunyo farm bozoridagi farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan talab bugungi kunda 3 trln dollardan oshdi. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki texnologik jihatdan ishlab chiqarish qiyin bo‘lgan dorilar ham mavjud va ularni tayyorlash nafaqat qiyin, balki unga tikiladigan investitsiya miqdori ham katta. O‘z navbatida, bu turdagi dorilar asosan davlat tomonidan xarid qilinadigan preparatlar hisoblanadi. Sohadagi muammolarni ilmiy o‘rganish, milliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida farmatsevtika klasteri barpo etildi va ishga tushirildi.

Hozirgi kunda Markaziy Osiyoda katta ahamiyatga ega bo‘lgan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish majmuasida yangi oliygoh va yana bir qator qo‘shimcha inshootlar qurilishi davom etmoqda. Aytish kerakki jahon bozorida raqobatlashish va milliy farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish uchun aynan shunday klaster zarur edi. 

- 28 yanvar 2020 yildadavlatimiz rahbarining qarori bilan ushbu klasterga asos solindi, - deydi “Tashkent Pharma Park” direksiyasi investitsiyalar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi Shuhrat Azizov. – 18 dekabr 2024 yil Prezidentimiz ochilish marosimida qatnashib, o‘z tavsiyalarini berib ketdi. Hozirgi kunda bizni klaster 130 gektar yerda joylashgan bo‘lib, uning 84.7 gektari sanoat zonasi hisoblanadi. Hozirgi kunda 29ta loyihadan iborat sanoat zonasi ichida 12tasi chet el korxonalari. Undan tashqari farmatsevtika yo‘nalishida 4 ming talabaga mo‘ljallangan universitet qurilyapti va ular 2028-2030 yillarda to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari Markaziy Osiyoda yagona “Genomikmarkaz” quriladi.

Klaster ishga tushdi degani, bu muammo hal bo‘ldi degani emas albatta. Buning uchun chuqur bilim va innovatsiyalar zarur. Dunyodagi ushbu sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan yaqindan tanishish maqsadida «Abu Ali ibn Sino: Sharq gavhari – Jahon merosi» an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Tadbir Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ibn Sino jamoat fondi hamda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamkorligida o‘tkazildi. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludiga 1045 yil to‘lishi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati 15 ga yaqin mamlakatdan 300dan ortiq tadqiqotchilar, soha olimlari yig‘ildi. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino o‘n asr muqaddam yaratgan ilmiy asarlari bugungi kunda ham dolzarbligi e’tirof etildi. Plenar va seksiya yig‘ilishlarida 49 ta ilmiy ma’ruza, mahorat darslari va farmatsevtika mahsulotlari ko‘rgazmalari taqdim etildi. Tadbir doirasida “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi qator nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik hujjatlarini imzoladi. Shuningdek, “Ibn Sino” jamoat fondi ham xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirib, O‘sh davlat universiteti, Turkiyada tashkil etilgan “Uyg‘ur tibbiyot tadqiqot fondi” hamda Shensi Xitoy tibbiyot universiteti bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi. Anjuman nafaqat O‘zbekistonda farmatsevtika sohasini rivojlantirishda muhim ilmiy va amaliy tadbir sifatida e’tirof etildi, balki Abu Ali ibn Sinoning bebaho ilmiy va tibbiy merosini zamonaviy tadqiqotlar va amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytiruvchi, sohada innovatsiya va hamkorlik uchun muhim platforma sifatida ham namoyon bo‘ldi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VTsTiiFnf1w" title="Farmatsevtika sohasida hamkorlik muhim" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA