Mamlakatimizda ko‘plab yo‘nalishlar qatori farmatsevtika sohasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar tufayli xalqaro hamkorlik ko‘lami ortmoqda.
Syurix shahrida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Shveysariyaning "Roche Diagnostics" kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Dastlab "Roche Diagnostics" tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy ilg‘or texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Agentlik direktori O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari va buni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar strategiyasini taqdim etdi, deyiladi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lumotida.
"Roche Diagnostics" in vitro diagnostika mahsulotlari yetkazib berish va biotexnologiya bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lib, bozorda 17 xildagi biologik mahsulotlar taqdim etgan. Har yili tadqiqot va ishlanmalarga 9 milliard Shveysariya franki miqdorida sarmoya kiritadi, bu ushbu sohadagi eng katta byudjet hisoblanadi.
A.RUSTAMOV, O‘zA