Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmatsevtika sanoati yanada rivojlanadi
13:08 / 2016-03-11

Poytaxtimizda mamlakatimiz farmatsevtika sanoatini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizda mamlakatimiz farmatsevtika sanoatini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi va «O‘zfarmsanoat» davlat aksiyadorlik konserni hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, farmatsevtika sohasi ishlab chiqaruvchilari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Xo‘jayeva va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor xalqimizning salomatligini muhofaza qilishda yuksak samaralar berayotganini alohida ta’kidladi.

2016-yil 5-yanvarda kuchga kirgan yangi tahrirdagi «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonun sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

Fan va texnologiyalar taraqqiy etgan bugungi davrda farmatsevtika sanoati kun sayin rivojlanmoqda, dori vositalari muomalasi, ulardan tibbiyotda foydalanish jarayonlarida ko‘plab yangiliklar yuzaga kelayotir. Ana shu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalar asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi qonunda bir qator yangi me’yorlar o‘z ifodasini topgan.

Qonunga farmakologik yoki dori vositalarini ishlab chiqarish, ushbu vositalarni klinik tadqiqotlardan o‘tkazish bo‘yicha alohida moddalar kiritilgan. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash, tashish va yo‘q qilish, ushbu mahsulotlarni yurtimizga olib kirish va olib chiqish tartibi bilan bog‘liq yangiliklar joriy etilgan. Davra suhbatida deputatlar va mutaxassislar ishlab chiqaruvchilarga qonunchiligimizga kiritilgan ana shunday yangiliklar xususida so‘zlab berdi. Tadbir qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.