Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmatsevtika mahsulotlarining postmarketing nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
12:56 / 2024-10-07

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Farmatsevtika mahsulotlarining postmarketing nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan boshlab farmatsevtika mahsulotlarining postmarketing nazorati amaliyotga joriy etiladi. 

Mazkur qaror bilan Farmatsevtika mahsulotlarining postmarketing nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomda: 

korxonalar tomonidan farmatsevtika mahsulotlarini muomalaga chiqarish tartibi;

postmarketing nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organ va ishchi organni belgilash; 

postmarketing nazoratini amalga oshirish tartibi va muddatlari; 

postmarketing nazoratini amalga oshirishning moliyaviy ta’minoti belgilab berilgan.

O‘zA