English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmatsevtika mahsulotlarining kafolatlangan xaridlarini amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi
19:39 / 2023-12-22

O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov ishtirok etdi, deyiladi agentlik xabarida.

Hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishi doirasida agentlik direktori “All Care group” va “Jamjoom Pharma” farm kompaniya vakillari bilan B2G formatida uchrashuv o‘tkazdi.

Jumladan, “Jamjoom Pharma” kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekistonda dori vositalarini ro‘yxatga olish, umumiy dori vositalarini klinik tekshirish shartlari va “O‘zbekistonda dori vositalarini mahalliylashtirish” loyihasini joriy etishning keyingi bosqichlari muhokama qilindi.

Shuningdek, “All Care group” kompaniyasi vakillari bilan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy ishlab chiqarish salohiyati: investitsiyalar va shartnomaviy ishlab chiqarish” mavzusi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda erkin iqtisodiy farmatsevtika zonalari hududida faoliyat yurituvchi ishlab chiqaruvchilarning imtiyozlari va preferensiyalari va mahalliylashtirish sharti bilan farmatsevtika mahsulotlarini kafolatlangan xaridlarini amalga oshirish mexanizmlari va muddatlari kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston bozori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va o‘rganish, onlayn uchrashuv o‘tkazish orqali hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishni davom ettirishga kelishib oldilar.

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA