French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmatsevtika korxonasining ilk navbati ishga tushdi
08:49 / 2025-12-31

Bayramlar tinch va farovon yurtga yarashadi. Yangi O‘zbekiston islohotlariga monand rivoj topib borayotgan Namangan viloyatida Yangi yil munosabati bilan bir qator infratuzilma ob’ektlari foydalanishga topshirildi.

Jumladan, viloyatda farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga qaratilgan yana bir istiqbolli loyiha – Yangi Namangan tumanida dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Nano pharmaceutical” korxonasi loyihasining birinchi bosqichi ishga tushirildi. 

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali ochilish marosimida qatnashgan Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov yig‘ilganlarni kirib kelayotgan 2026 yil bilan tabriklab, aholi salomatligini ta’minlash, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida ustuvor ahamiyat qaratilayotganligini ta’kidladi.

[gallery-26969]

Umumiy qiymati 20 million dollarga teng ushbu yirik loyiha doirasida 10 million dollardan ziyod xorijiy investitsiya o‘zlashtirilib, xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy farmatsevtika korxonasi barpo etildi. Natijada 300 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

“Shuhrat” medali sohibi Nasimjon Azizov rahbarlik qilayotgan mazkur korxonada yiliga 63 million dona, 40 turdagi, qiymati 12 million dollarlik tayyor tibbiy dori-darmon vositalari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 6 million dollarlik mahsulot eksportga yo‘naltiriladi.

Bugungi kunda Namangan viloyatida 811 ta tibbiyot muassasasi faoliyat yuritib, shundan 242 tasi davlat, 569 tasi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu sog‘liqni saqlash sohasida davlat va xususiy sektor hamkorligi izchil yo‘lga qo‘yilganidan dalolatdir.

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA.