Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Faridaning ikki ming qo‘shig‘i" filmi xalqaro festivalda taqdirlandi
15:26 / 2021-03-17

“O‘zbekkino” MA buyurtmasiga binoan “Fox music cinema” studiyasi tomonidan suratga olingan "Faridaning ikki ming qo‘shig‘i" filmi VI Xalqaro Osiyo kinofestivali (Asian world film festival)da "The snow leopard award" mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu film rijissyori Yolqin To‘ychiyev.

2014 yildan buyon Los-Andjelesda o‘tkazib kelinayotgan ushbu xalqaro kinofestivalda Osiyo mintaqasining 50 mamlakatidan turli janrdagi filmlar saralab olinadi.

Mazkur kinofestival Osiyo va Gollivud kino sanoati  o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

“O‘zbekkino” Milliy agentligi

 Axborot xizmati