-
Turkiy davlatlar tashqi siyosiy tadqiqot markazlari sakkizinchi yig‘ilishida ishtirok etgan Ozarbayjon Xalkaro munosabatlar tahliliy markazi raisi Farid Shafiyev anjumanning ahamiyati haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:
Turkiy davlatlar tashkiloti tahliliy markazlarining sakkizinchi yig‘ilishi geosiyosiy nuqtai nazardan o‘ta murakkab davrda bo‘lib o‘tmoqda. Shu bilan birga TDT rivojlanishda ham davom etyapti.
Ayniqsa, O‘zbekiston raisligi tuzilmaning institutsion va tashkiliy rivojiga kuchli turtki berdi. Tadbirning yuksak darajada uyushtirilgani, muzokaralar sifati ta’minlangani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining TDTga munosabatini, yondashuvini belgilab berdi.
Qolaversa, mazkur uchrashuv tashkilot faoliyati bilan bog‘liq ekspert salohiyatini intellektual jihatdan sezilarli darajada oshirishga ham salmoqli hissa qo‘shadi.
O‘zA