Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farhod Umarov: “Buxoro shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni yanada takomillashtirish kerak”
12:34 / 2020-12-11

Avval xabar berilganidek, Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada shahar hokimi O‘tkir Jumayev 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda 2021 yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan axborot berib o‘tdi.  

Sessiya ishida viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Farxod Umarov so‘zga chiqdi. Albatta, xalqimizning hayoti baxtli kechishi, mamlakatning taqdiri istiqbolli bo‘lishi uchun faqat iqtisodiy taraqqiyotning o‘zi kifoya qilmaydi, – dedi Farxod Umarov. – Buning uchun ijtimoiy-madaniy sohalarda ham yangilanishlar, o‘zgarishlar ro‘y berishi, yutuqlar qo‘lga kiritilishi kerak. Shaharda bu borada erishilayotgan muvaffaqiyatlar ham e’tiborni tortadi.

Bu ishlar avvalo, odamlarning bandlik, tibbiyot, ta’lim, elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi, yo‘llar kabi kundalik turmushidagi birlamchi ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Shunday bo‘lsada amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, ko‘plab sohalarda yil avvalida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlanmadi.

Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hali shahar mutasaddilarining odamlar bilan muloqot qilish, ularning murojaatlari bilan ishlash borasidagi kamchiliklar va muammolarga to‘liq barham berilmaganini ko‘rsatmoqda.

Aksariyat mas’ul shaxslar faqat ko‘zga yaqqol tashlanadigan muammolar yechimi yoki yuqoridan beriladigan topshiriqlar ijrosi bilan cheklanib qolmoqda. Ularda muammolarni kompleks hal etish borasida tashabbuskorlik sezilmayapti. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni baholashda haqiqiy ahvolni tanqidiy tahlil qilishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti. Buxoro shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda uning o‘ziga xos xususiyatlari, xom ashyo resurslari, rivojlanish darajasi va ehtiyoji to‘liq hisobga olinmayapti.

Shahardagi ko‘plab tashkilot va idoralarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga doir eng muhim dasturlarni amalga oshirish o‘rniga, aksariyat hollarda, faqat yig‘ilishlar o‘tkazish va puxta o‘ylanmagan qarorlar qabul qilish, amaliy ish qolib, qog‘ozbozlik bilan shug‘ullanish holatlari uchrayapti.

Shahar aholisi tomonidan ko‘p qavatli uylarning tomi ta’mirtalabligi, oqova suv tizimi ishdan chiqqanligi, uylarning atrofini obodonlashtirish sust amalga oshirilayotganligi haqida ommaviy axborot vositalari, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda bong urilayotgan bo‘lsada, bu borada mas’ullarning muammoni tezkor va sifatli bartaraf etishida oqsoqliklar mavjud.

Shahar hududida maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko‘mish ishlari tizimli ravishda tashkil etilmagan.

Har bir mahalla va oilada ma’naviy muhitni yaxshilash maqsadida uyma-uy yurish va bunga keng jamoatchilikni jalb etish yuzasidan yangi ish uslublari joriy etilganiga qaramay, hali kutilgan natijalarga to‘liq erishilgani yo‘q.

Sektor rahbari mahalla darajasida o‘ziga biriktirilgan hududdagi har bir xonadonga har chorakda kamida bir marta borib, u yerdagi vaziyat, ijtimoiy muhit, bolalar tarbiyasiga munosabat, aniqlangan muammolarni hal etish choralari va bildirilgan takliflarni qayd etib borishi zarur.

Joyida yechilmagan muammolarni viloyat va respublikani rivojlantirish dasturiga kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash kerak.

Afsuski, shahar sektorlari rahbarlarining birortasida bu borada aytarli tashabbus chiqayotgani yo‘q.Shu bilan birga, sektorlar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish, ularning faoliyatini, ishining natijalarini xalqqa tanitish zarur.

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘tarilgan eng dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan aniq choralarni belgilashga, ko‘rilayotgan choralar va erishilgan natijalarning aholi hayoti sifatiga qay darajada ta’sir etayotganiga alohida e’tibor qaratish kerak.

F. Umarov shaharda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalari xususida ayrim takliflarni ilgari surdi.  

Jumladan, shaharda go‘sht, sut, meva-sabzavot, uzum mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishidagi korxonalarni to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlash, mazkur yo‘nalishda yangi salohiyatli loyihalarni tashkil etish, yangi tartib asosida 308 ta talabgorlarga subsidiyalar bo‘yicha uy-joylarni fuqarolarga ajratish va shaharda qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarning foydalanishga topshirish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.  

“Temir daftar”ning yangilangan ro‘yxati va Argos elektron dasturidagi kambag‘al oilalar va uning a’zolari bo‘yicha ma’lumotlarni bir xil yuritilishini ta’minlash, ehtiyojmand oilalardagi mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash va ularning investitsiya va qurilish komplekslari yo‘nalishlarida joylashtirish choralarini ko‘rib borish topshirildi.  

Shaharda 2020-2021 yillar qish-bahor mavsumi uchun rejalashtirilgan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini to‘liq jamg‘arilishini nazarotini ko‘rish zarurligi aytib o‘tildi. Joriy yil yakuniga qadar belgilab berilgan yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etilishini so‘zsiz ta’minlash topshirildi.  

Auksion savdolariga chiqarilmagan yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarilishini hamda bo‘sh turgan tadbirkorlik uchun qulay qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer maydonlarini aniqlab auksion savdolariga chiqarib borilishini nazoratga olish uktirildi. Shaharda 3-7 yoshdagi bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrovini oshirish choralarini ko‘rish zarurligi alohida ta’kidlandi.  

“Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi asosida amalga oshirilishi belgilangan loyiha to‘liq amalga oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilash va nazoratini kuchaytirish kerakligi ta’kidlandi.  

– Shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha bugun bildirilgan tanqidiy fikrlar barcha darajadagi rahbarlarning mas’uliyati va javobgarligini yangi pog‘onaga olib chiqishiga kerak. Barcha rahbarlar bugun ko‘rilgan masalalardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, tashabbuskorlik bilan o‘zlari boshchilik qilayotgan sohani nafaqat bugun, balki yaqin istiqbolda barqaror rivojlantirish choralarini ko‘rishadi. Bu jarayonda shahar faollari, mahalliy kengash deputatlarining alohida jonbozligi kerak bo‘ladi, -dedi F. Umarov.  

Zarif Komilov,  O‘zA