Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farhod Normatov: Energiya xarajatlarini kamaytirish asosiy maqsadimiz
17:11 / 2024-05-15

Bugun Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuida “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024” yigirma oltinchi va “Energetika, energiya tejamkorligi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan – 2024” o‘n yettinchi xalqaro ko‘rgazmalarining ikkinchi kungi tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

“O‘zekspomarkaz”ning to‘rtta pavilonidan o‘rin olgan ushbu taqdimotlarda dunyoning 29 ta davlatidan 450 ta ishlab chiqaruvchi kompaniyaning yoqilg‘i-energetika tarmog‘iga oid zamonaviy uskunalari va texnologiyalari namoyish etilmoqda.  

Ayniqsa, bu yil “Power Uzbekistan – 2024” xalqaro ko‘rgazmasida energiya tejamkor uskunalarni taqdim etishga asosiy e’tibor qaratilgan. Bunga Turkiya, Koreya Respublikasi milliy stendlaridagi quyosh ko‘cha yoritgichlari, quyosh issiqlik kollektori, energiyani boshqarish tizimiga doir zamonaviy texnologiyalar yaqqol misol bo‘ladi.  

Turkiyaning “Mimsan” guruhiga kiruvchi  “Mimsan energy” kompaniyasi  ko‘rgazmada bu yil ikkinchi bor qatnashmoqda. Kompaniya O‘zbekistonda o‘z faoliyatini 2018-yilda boshlagan.  

[gallery-17416]

–Kompaniya quvvati 60 MVt gacha bo‘lgan sanoat bug‘ qozonlari va o‘ta qizdirilgan bug‘ qozonlarini ishlab chiqaradi, – dedi kompaniyaning mamlakatimizdagi vakolatxonasi vakili Farhod Normatov. – Energiya xarajatlarini kamaytirish bizning asosiy maqsadimiz. Biz qishloq xo‘jaligi chiqindilari, granulalangan tovuq go‘ngi, o‘rmon chiqindilari, kanalizatsiya loylari, shahar chiqindilari va ko‘mir uchun yonish tizimlarini taklif qilamiz. Bizning asosiy mahsulotlarimizga suyuq qatlamli bug‘ qozonlari va termal yog‘li qozonlar, biomassa qozonlari, chiqindi issiqlik qozonlari kiradi. 2018-yilda O‘zbekistonga kirib kelgan kompaniya  bugungi kunda o‘zining xaridorlarini topmoqda. Mahsulotlarimiz sifatli va ishonchli bo‘lgani uchun ham yurtimiz bozorida o‘z o‘rnini egallab bormoqda.  

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA