English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onaning turistik salohiyati ”BBC” nigohida (+video)
19:01 / 2024-10-14

Dunyoda “turizm mamlakatlari” degan atama olgan davlatlar bor. Fransiya, Ispaniya, Turkiya, Misr, Tayland kabi manzillar shular jumlasidandir. So‘nggi yillarda O‘zbekiston dunyo xaritasida tobora ko‘p qidiriladigan mamlakatlar qatoriga kiritildi. Sababi bu yerga kelayotgan sayyohlar soni juda tez o‘sib borayotgani, mehmon davlatlar ko‘lami kengayayotganida. O‘zbekiston 2030 yilda 10 million sayyohni qabul qilishi uchun barcha infratuzilmani yaratmoqda.

Odatda Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadim shaharlarga borishga talab ko‘p bo‘lar edi. Endi O‘zbekistonning boshqa mintaqalariga ham xorijiy turistlar oqimi ko‘paydi. Masalan, Farg‘ona viloyatiga 2023 yilda 421 ming nafar sayyoh kelgan bo‘lsa, shu yilning 9 oyidayoq ular soni 420,2 mingtaga yetdi.

Dunyoning eng yirik axborot agentliklaridan biri bo‘lgan Buyuk Britaniyaning “BBC” korporatsiyasi shu kunlarda Farg‘ona viloyati turistik salohiyati haqidagi videorolikni namoyish etmoqda.

–“BBC” ijodiy guruhi viloyatimizda bo‘ldi va bir necha kun davomida Qo‘qon, Marg‘ilon, Buvayda, Rishtonning bir qancha tarixiy obidalarini tasvirga oldi, – deydi Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshid Ahmedov. – Ijodiy hamkorlik doirasida londonlik jurnalistlar viloyatimizdagi ikkita yirik korxona faoliyati bilan ham tanishdi va tasvirga tushirishdi.

“BBC” videoroligi markazida hunarmandchilik mahsulotlari, me’morlik namunalari, eng muhimi, ijodkor inson siymosi aks etgan, Farg‘onaga yangicha nigoh tashlangan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tT9rYhhog68" title="Fargʻonaning turistik salohiyati ”BBC” nigohida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, O‘zA