FOTOREPORTAJ
Ayni paytda Farg‘ona viloyatida 376 ta madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 117 tasi arxeologiya, 139 ta arxitektura, 32 ta monumental va 88 ta diqqatga sazovor joylarni tashkil etadi.
Bu ob’ektlarning 131 tasi respublika hamda 245 tasi mahalliy ahamiyatga ega bo‘lib, bugungi kunda tarixiy binolarni avaylab-asrash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
[gallery-6088]
XIX asrning oxirida bunyod etilgan Farg‘ona O‘zbekistonning boshqa shaharlari orasida o‘zining Yevropaga xos me’moriy qiyofasi bilan ajralib turadi. Farg‘ona shahrida bog‘lar, asrlarga tengdosh chinorlar, emanlar, qarag‘aylar va teraklar savlat to‘kib turadi.
Farg‘ona shahar markazida 1905 yili qurilgan ambulatoriyada bugungi kunga kelib Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, erkaklar gimnaziyasi binosi hozirda Farg‘ona davlat universitetining ma’muriy binosi, ayollar gimnaziyasi shahar madaniyat uyi, gubernator uyi viloyat musiqali drama teatri binosi sifatida foydalanilyapti. Bu binolarga kiraverishda “XIX asr me’moriy yodgorligi” davlat muhofazasiga olingan deb yozilgan peshlavhalar o‘rnatilganligini ko‘rish mumkin.
Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA