French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onaning sayyohlik salohiyati
10:42 / 2023-08-15

FOTOREPORTAJ

Turizm tobora rivojlanayotgan Farg‘ona viloyatida 305 ta joylashtirish vositasi, xususan, 43 ta mehmonxona, 234 ta oilaviy mehmon uyi, 28 ta xostel mavjud. Mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi 85 ta turistik firma faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mavjud 376 ta madaniy meros ob’ektining 50 ga yaqini turizm marshrutlari ro‘yxatiga kiritilgan.  

[gallery-13118]

Birgina joriy yilning o‘zida viloyatga 1 million 660 ming ichki hamda 421 ming nafar xorijiy sayyohni jalb etish reja-jadvali ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Sayyohlar tashrifi doirasida eksport hajmini 125 million dollarga yetkazish belgilangan.  

Farg‘ona shahrida bir necha yillardan buyon bo‘sh turgan besh qavatli binoda mehmonxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida umumiy qiymati 15 milliard 300 million so‘m bo‘lgan biznes-loyiha ishlab chiqildi. Mehmonxona jihozlari uchun "O‘zmilliybank" tomonidan 2 milliard so‘m miqdorida kredit ajratildi.  

— Hozirda 100 o‘rinli mehmonxonada konferensiya zali, cho‘milish havzasi, restoran kabi o‘ngga yaqin xizmatlar yo‘lga qo‘yilib, 35 ta doimiy ish o‘rni yaratilishiga erishildi, - deydi “Fergana delexe” mehmonxonasi ish boshqaruvchisi Eldorbek Sharopov. — Yaqin istiqbolda bank bilan hamkorlikda 20 milliard so‘mlik loyiha doirasida qo‘shimcha turizm xizmatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Ayni jarayonda 2,4,7 kunlik turizm marshrutlari ishlab chiqilib, baliq ovi, tabiatga sayohat, umuman olganda, agro va ekoturizm xizmatlari ko‘lamini kengaytirish ko‘zda tutilgan.  

 

Muqimjon QODIROVsurat),O‘zA