Farg‘onaliklar haj safariga jo‘nab ketishdi
– Avlod- ajdodimizda, mahalla, qishlog‘imizda haj safarini orzu qilib unga yetisholmay o‘tganlar nechta? Mana uchinchi kundirki, samolyotlar muqaddas makon tomon farg‘onalik ziyoratchilarni tashimoqda. Ular safida bo‘lganimdan, ollohning Makkadagi “uyi”ga ro‘baro‘ turish baxti nasib etayotganidan baxtiyorman, – deydi yozyovonlik Azimjon Xudoyqulov.
Bu yil 1600 nafar Farg‘onaning e’tiqodli fuqarosi muqaddas haj safariga otlandi. Darhaqiqat, uch kundan buyon ular erta tongda mehmon qilinib, duoi fotihalar bilan kuzatilmoqda.


Dastlabki guruh ziyoratchilar Madina shahriga sog‘-salomat yetib borganlarini ma’lum qildilar. Ular elga, yurtga tinchlik, ravnaq tilab emin-erkin ziyorat qilmoqdalar.


Bugun ham yana bir guruh farg‘onalik ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga uchib ketishdi.
Muhammadjon Obidov, Muslim To‘laganov(surat),
O‘zA