Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik yoshlarga sport anjomlari topshirildi
17:14 / 2026-01-07

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan Farg‘ona viloyatining 1017 ta mahallasidagi yoshlar yetakchilariga sport jihozlari taqdim etildi.

Mazkur sport jihozlarini taqdim etish marosimi Farg‘ona shahridagi "Samo" sport majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilgi "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari oldidan mahalla yoshlari uchun mo‘ljallangan sport anjomlarini topshirish tadbirlarida ishtirok etgan mutasaddilar, xususan, Farg‘ona viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimov bu yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi" sport mavsumida haqiqiy iqtidor egalari mahallalarda kashf etilishiga ishonch bildirdi.

Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Bobur Mo‘minov hamda boshqalar, sportchilar, jamoatchilik vakillari mamlakatimizda mahoratli yosh sportchilarni tanlash, saralash, sport turlariga yo‘naltirishda “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘yinlarining nechog‘li ahamiyatga ega ekanligini, mazkur anjomlar yosh sportchilarni yangi g‘alabalarga ruhlantirishini bildirishdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA