Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik yoshlar Yaponiya kompaniyalarida ishlashi mumkin
11:48 / 2021-09-27

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. Farg‘ona viloyatida ham kunchiqar yurt bilan ko‘plab sohalarda do‘stona munosabat o‘rnatilgan bo‘lib, o‘zaro manfaatli loyihalar amalga oshirilayotir.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Bag‘dod tumanida barpo etilayotgan «Muruvvat» shaharchasi hududida qad rostlagan madaniyat uyida Yaponiyaning “Relationship” bandlikka ko‘maklashish kompaniyasi prezidenti Shunkichi Teraoka va kompaniya bosh direktori Tadashi Kuramitsuni, “NIOC” (Nippon Investment Operating Corporation) investitsion kompaniyasi prezidenti Nabi Mamajon hamda viloyatda faoliyat olib borayotgan “Turon Group” kompaniyasi ta’sischilari va boshqaruvchilari bilan uchrashdi.  

O‘zbekiston hamda Yaponiya davlatlari o‘rtasida kadrlar almashinuvi hamda migratsiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “Relationship” kompaniyasi bilan viloyatdagi “Turon World Cooperation” xususiy bandlik agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan. Unga ko‘ra, farg‘onalik oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar kunchiqar mamlakatda dastlabki davrlarda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida, keyinroq boshqa sohalarda ham 3 oy mobaynida o‘qitilib, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha Yaponiya kompaniyalariga ishga jalb etiladi.Ularning zamonaviy texnologiyalarda ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari mustahkamlanadi. E’tiborlisi, Yaponiyaga borish va o‘qish davomida ularning yo‘l va oziq-ovqat bilan bog‘liq sarf-xarajatlari yapon kompaniyasi tomonidan qoplab beriladi.  

Yaponiyalik ishbilarmonlar va mahalliy tadbirkorlar uchrashuvda shu haqda atroflicha ma’lumot berishdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bunday loyiha va tashabbuslar albatta, qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.  

Uchrashuvda tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi, metallni qayta ishlash, moliya, IT-texnologiyalar, uglerodli innovatsion materiallar, nodir metallar, tibbiyot va ta’lim yo‘nalishlarida faoliyat olib boruvchi NIOC korporatsiyasi rahbari Nabi Mamajon ham Farg‘ona viloyatida amalga oshirish rejalashtirilgan bir qator istiqbolli loyihalarni ilgari surdi va uning takliflari ijobiy baholandi.

M. Sulaymonov,  

M. Qodirov olgan (surat), O‘zA