English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik yoshlar uchun har kuni bayram
10:07 / 2023-06-06

Farg‘ona viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi “Yoshlar oyligi” doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sayillar, sport musobaqalari, tanlovlar bo‘lib o‘tmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi” esa minglab yoshlarni birlashtirib, yangi imkoniyatlarni berayotganini alohida ta’kidlash lozim. Uning har bir yo‘nalish bo‘yicha hududiy bosqichlari yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Hunarmandchilik tanlovining respublika bosqichi Farg‘onada o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Oliy o‘quv yurtlaridagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, konsertlar talabalarga unutilmas lahzalarni baxsh etmoqda. Farg‘ona shahridagi harbiy qismda esa 100 nafar yoshlar jam bo‘lgan “Jasorat maktabi”da qaynoq jarayonlar davom etyapti.  

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Farg‘ona shahridagi Yuksalish ko‘chasida Yoshlar ijod ko‘chasi tashkil etilib, yoshlarning sevimli maskaniga aylanmoqda. Bu yerda kitobxonlik kechalari, konsertlar, viktorinalar va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.

Mazkur maskanning ochilishi katta shodiyonaga aylandi. Unda mamlakatimizda yoshlarning kamoloti yo‘lida ulkan imkoniyatlar ishga solinayotganligi ta’kidlandi. Xususan, mazkur Yoshlar ijod bog‘i ham ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi. Yoshlik, vatan, tinchlikni madh etuvchi qo‘shiqlar yangradi, yoshlar o‘z dil izhorlarini bildirishdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Siddiq Mo‘minning yangi chop etilgan “Biomaydon” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Farg‘onalik yoshlar kitob insonning eng yaqin do‘sti ekanligini yana bir bor isbotladi. Yoshlar ijod bog‘i barkamol avlod vakillarining shodligi bilan yanada fayzli bo‘ldi.  

M.Sulaymonov, O‘zA