Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik yosh dasturchi Brayl alifbosini tarjima qiladigan dastur yaratib, AQSH, Meksika va Braziliyaga 150 ming dollarga sotgan
16:05 / 2023-12-20

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida qayd etilganidek, bu yil IT sohasi eksporti Toshkent viloyatida – 100 mingdan 4,4 million dollarga, Samarqandda – 700 mingdan 3,2 millionga, Andijonda – 60 ming dollardan 2,8 million dollarga oshib, yuqori sur’atlarda o‘sdi. Surxondaryo ham ilk bor IT xizmatlari eksportini yo‘lga qo‘yib, 1 million dollardan oshirdi.

Lekin, eksport Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Namangan va Sirdaryoda 500 ming dollarga ham yetmaydi. 

Hududlarda 20 mingdan ortiq yoshlar IT bilan mustaqil shug‘ullanib, xalqaro onlayn platformalar orqali yaratgan mahsulotini chetga sotayapti. 

Masalan, farg‘onalik yosh dasturchi Brayl alifbosini tarjima qiladigan dastur yaratib, AQSH, Meksika va Braziliyaga 150 ming dollarga sotgan. 

O‘zA