French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik yigit-qizlarga qariyb 804 million so‘mlik maxsus sertifikatlar topshirildi
08:33 / 2022-07-20

Farg‘ona viloyatida "Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘g‘il-qizlarga maxsus sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda joriy etilgan “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” kabi ro‘yxatlar borligining o‘ziyoq odamlarga umid, yaxshi turmush tarziga ishonch uyg‘otmoqda. 

Yangicha tizim mamlakatimizda hech bir inson e’tibordan chetda emasligi, barcha fuqarolarning yaxshi yashashi, ish bilan ta’minlanishi uchun sharoitlar yaratilayotganidan dalolatdir. Xususan," Yoshlar daftari" minglab yigit-qizlarga katta imkoniyatlar bermoqda.

Viloyat hokimining o‘rinbosari Fayzullo Qosimov va Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev yurtimizda yoshlarga e’tibor kuchaygani, imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladi.

2022 yilning o‘tgan davrida viloyatda mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz, ehtiyojmand sifatida aniqlangan yoshlarning 674 nafariga haydovchilar tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlarini, 672 nafariga safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini qoplash uchun 4,6 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Shundan, Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari hisobidan 840 nafar yoshga 3,1 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Tadbir davomida ham "Yoshlar daftari"dagi 201 nafar yoshga 803 million 932 ming so‘mlik maxsus sertifikatlar topshirildi. Natijada 68 nafar yoshning haydovchilar tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlarini qoplash uchun 81 million 600 ming so‘mlik, 133 nafar yoshning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini qoplash uchun 722 million 332 ming so‘mlik mablag‘lar yo‘naltiriladigan bo‘ldi.

M.Sulaymonov, O‘zA