Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik xotin-qizlar referendumda faol ishtirok etadi
11:16 / 2023-03-29

Farg‘ona shahridagi Ahmad Farg‘oniy nomidagi istirohat bog‘ida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Ayoli e’zozlangan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning shahar va tumanlaridan tadbirkor ayollar, faol xotin-qizlar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga muhim e’tibor qaratilmoqda. Ayollarning barcha sohalardagi samarali mehnati, ayniqsa, farzandlar tarbiyasi, jamiyat va oila hayotidagi ulkan xizmatlarini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi.  

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova, Oliy Majlis Senati a’zosi Gulnora Marufova so‘z olib, mamlakatimizda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar, ayolga e’tibor va g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini ta’kidladi.  

Birgina o‘tgan yilda viloyatda 79 ming 463 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilib, ularning ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash hamda muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratildi.  

[gallery-11177]

Ishsiz 24 ming 715 nafar xotin-qizlar bandligi ta’minlandi. Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand 3 ming 268 nafar xotin-qizlarga 32,8 milliard so‘m miqdorida kredit ajratildi. 929 ta ayollar uy-joy bilan ta’minlandi. 1 ming 175 nafariga turar-joy uchun ijara kompensatsiyalari to‘lab berildi. Joriy yilda ham bu ishlar tizimli davom ettirilmoqda.  

Tadbirda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, olima ayol Munira Qodirova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Nilufar Ergasheva, Farg‘ona tumanidan tadbirkor Sadoqat Mirzayeva, hunarmand, 1-guruh nogironi Malika Ibragimovalar ham so‘z olib, Yangilanayotgan Konstitutsiyada gender tenglik, oila mustahkamligi, ta’lim tizimi va o‘qituvchilar huquqlari uchun alohida modda kiritilayotganligi haqida ta’kidladi va barchani joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.  

San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.  

 

M.Sulaymonov, O‘zA  

M.Qodirov olgan surat