Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi
10:38 / 2023-10-01

Farg‘ona shahridagi "Afrosiyob" tantanalar majmuasida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, sektorlar rahbarlari, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar maktablari, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida samarali mehnat qilib kelayotgan ilg‘or ustoz-murabbiylar, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir yangi avlodni tarbiyalashda o‘qituvchi va murabbiylarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab, davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni viloyatda hayotga tatbiq etish, o‘qituvchi va murabbiylar uchun munosib sharoit yaratish, ularning fidokorona mehnatini rag‘batlantirish, moddiy ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar yanada keng ko‘lamda davom ettirilishini qayd etdi.  

[gallery-13835]

Kuni kecha e’lon qilingan “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan davlat mukofotlari bilan taqdirlangan 7 nafar farg‘onalik ta’lim fidoyisiga orden va medallar tantanali tarzda topshirildi.  

Farg‘ona viloyati turk milliy madaniy markazi raisi T. Kapadze 30 iyul - Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan e’lon qilingan Prezident farmoniga ko‘ra, “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan hamda safarda bo‘lgani uchun unga mukofoti taqdim etilmagan edi. Bugungi bayram tadbirida T. Kapadzega ham yuksak davlat mukofoti topshirildi.  

Shuningdek, tadbirda bugungi kunda ta’lim tizimining barcha jabhalarida samarali faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar va murabbiylarning katta guruhi viloyat hokimligining faxriy yorliqlari, tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.  

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA