Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
11:35 / 2026-01-15

FOTOREPORTAJ

2026 yil 1 yanvardan soliq qonunchiligida joriy etilgan yangiliklarni tadbirkorlik sub’ektlari va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Farg‘ona shahrida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda Soliq qo‘mitasi vakillari, Farg‘ona viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ul xodimlari, tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etdi.  

[gallery-27136]

Tadbirda 2026 yilgi soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgarishlar, soliq imtiyozlari va qo‘shimcha qulayliklar yuzasidan tushuntirish berildi.

Shuningdek, naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish borasidagi yangiliklarga alohida e’tibor qaratildi.

Qizg‘in bahs-munozara tarzida o‘tgan muloqotda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar va amaliyotda uchrayotgan muammolar yechimi yuzasidan takliflarini bildirdilar.

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA