Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik tadbirkor: 10 mingta ish o‘rni yaratish harakatidamiz
12:08 / 2021-08-30

Davlatimiz rahbarining farmoniga muvofiq, mustaqilligimizning o‘ttiz yilligi bayrami arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. Ular qatorida Farg‘ona viloyatidan ham 49 nafar turli soha vakillari, faxriylar va yoshlar bor.

Farg‘onada ana shu yuksak mukofotlar hamda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonini o‘z egalariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar, jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barchani eng ulug‘, eng aziz ayyom mustaqilligimizning 30 yilligi bilan qutlab, mukofotlar sohiblarini xalqimiz va Prezidentimizning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lganliklari bilan samimiy muborakbod etdi. Tantanali marosimda yuksak davlat mukofotlarini tantanali topshirdi.

Taqdirlanganlar nomidan so‘zga chiqqanlar va boshqalar kamtarona mehnatlarini yuqori baholab, davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rgani uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.  

[gallery-3658]

–Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlayotgan, mehnatimizni e’tirof etgan Prezidentimizdan minnatdormiz, – deydi “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, Farg‘ona tumanidagi «Bahodir log‘on tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari Mo‘minjon Yo‘ldoshev. – Rosti, buni sira kutmagandim. Mustaqilligimizning o‘ttiz yillik bayrami bir umr yodimda qoladigan bo‘ldi. Davlatimiz rahbari korxonamizda bo‘lganida 10 mingta ishni o‘rni yaratishni va’da bergandim. Yaqin kunlarda yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini ishga tushirish harakatidamiz. Bu mukofot zimmamizga yanada katta mas’uliyat yukladi.  

bugungi kunda yurtdoshlarimiz mustaqilligimizni mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida samarali mehnat qilmoqda. Istiqlolimizning o‘ttiz yilligi bayrami ayni kunlarda katta shodiyona bilan nishonlanyapti. Marosimda viloyat faollari, deputatlar, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar va yoshlarga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.

 

M. Sulaymonov,  

M. Qodirov (surat), O‘zA