FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tomonidan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan bir guruh farg‘onalik shifokorlar ham taqdirlandi.
[gallery-3746]
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona filiali majlislar zalida o‘tkazilgan tadbirda Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Husan Mamajonov mukofotga loyiq deb topilgan har bir tibbiyot xodimga ko‘krak nishonini tantanali ravishda topshirdi.
H.Mamajonov ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlarni tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati hurmatga sazovor ekanini bildirdi. Ularga kelgusida ishlariga muvaffaqiyatlar, sog‘liq, oilaviy tinchlik-totuvlik tiladi.
Mukofotlanganlar yuksak e’tibor va g‘amxӯrlik uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA