FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyat musiqali drama teatri jamoasi ijodiy safar bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi. Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida farg‘onalik sahna ustalarining “Baxtiyor gadolar” nomli musiqali spektakli tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
[gallery-8977]
–Davlatimiz rahbarining joriy yil 2 fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida yurtimizdagi barcha teatr jamoalari hududlarga ijodiy safar uyushtirmoqda, - deydi Farg‘ona viloyat musiqali drama teatri rahbari S.Mirzayev. – Orolbo‘yiga tashkil etilgan safarimiz davomida hamkasblarimiz bilan tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldik.
Rejissyor Obidjon Abdullayev tomonidan sahnalashtirilgan ushbu spektakl hamda undagi turli obrazlarni ijro etgan aktyorlarning mahorati nukuslik tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA