Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik pillakorlarning yuksak xirmoni
15:04 / 2023-06-12

Farg‘ona viloyati pillakorlari joriy yilda 41 ming 187 quti ipak qurti parvarishlab, 2 ming 397,7 tonnadan ziyod sifatli pilla hosili yetishtirdilar va belgilangan reja ortig‘i bilan uddalandi.

Viloyatda “kumush tola” xirmoni yuksalishida mavsumni yuksak uyushqoqlik va tartib-intizom bilan tashkil etilganligi asosiy omil bo‘ldi. Avvalo, ozuqa bazasiga e’tibor qaratildi, 5 pillachilik klasterlari tomonidan 412 inkubatoriya xonalari to‘liq jihozlandi. Malakali mutaxassislar kasanachilar va ipak qurti boquvchilar bilan mustahkam aloqa o‘rnatib, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirib bordi. Viloyatdagi 41 ming 50 xonadonda mo‘’jizakor jonivorlar “Bir xonadonga bir quti ipak qurti” tamoyili asosida parvarish qilindi. Barcha tumanlardagi qabul maskanlarida sifatli pilla xom ashyosini qabul qilish ishlari doimiy nazoratga olindi.  

– Yetishtirilgan pilla hosili uchun xalqimizga har bir kilogramm pilla uchun 30 000 so‘mdan, jami 71 milliard 931 million so‘m naqd pul mablag‘i tarozi ustida to‘liq yetkazib berildi, – deydi viloyat “Agro-Pilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati boshqaruv raisi Maqsudjon Qosimov. – Bu yilgi pilla yetishtirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlarni viloyatda birinchilardan bo‘lib Yozyovon, Beshariq, Toshloq, O‘zbekiston tumanlari pillakorlari uddalab, pilla xirmoniga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdi. Erishilgan g‘alaba zamirida viloyatimiz zahmatkash pillakorlarining fidokorona mehnatlarini alohida e’tirof etishni istardim. Eng quvonarlisi, ilg‘or pillakorlarimiz har quti ipak qurti hisobiga rejadagi 58 kilogramm o‘rniga 60-65 kilogrammgacha pilla hosili yetishtirdi.  

Jumladan, Yozyovon tumanida 2 ming 34 qutidan 119,7 tonna, Beshariq tumanida 3 ming 639 qutidan 212,6 tonna, Toshloq tumanida 2 ming 928 qutidan 171,4 tonna, O‘zbekiston tumanida esa 3 ming 214 qutidan 187 tonna tirik pilla yetishtirilishiga erishildi. Mavsum davomida 100 ming nafardan ziyod pilla boquvchilar bilan shartnomalar tuzilib, ularning bandligi ta’minlandi. Aytish kerakki, ayni kunlarda ipak qurti boqishning ikkinchi mavsumi uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.  

M.Sulaymonov,  

O‘zA