English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik otaxonlar velosipedda Samarqandgacha boradi
17:33 / 2021-03-31

Xabaringiz bor, yaqinda sirdaryolik ikki nafar yurtdoshimiz davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini keng targ‘ib qilish maqsadida Andijondan Mo‘ynoqqacha, qariyb 1 ming 800 km masofani piyoda bosib o‘tgan edi. Ushbu tashabbus keng quloch yoymoqda.

Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi matbuot xizmati tomonidan taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida farg‘onalik otaxonlar shu yil 31 martdan 9 aprelga qadar Farg‘ona–Samarqand–Farg‘ona yo‘nalishi bo‘ylab velomarafon tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.

Shu maqsadda farg‘onalik 27 nafar nuroniy otaxonlar velosipedda Farg‘ona shahridan Samarqandgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tish orqali aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishni maqsad qilishgan.

Velomarafonga 1 aprel kuni soat 8:00da Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Yoshlar markazidan start beriladi.

 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA