Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik o‘quvchilar Prezident maktablariga kirish imtihonini topshirdi
17:47 / 2025-07-06

FOTOREPORTAJ

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi  test sinovlari boshlandi.

Farg‘ona viloyatida ham test sinovlari bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat bo‘limi, Farg‘ona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda viloyat futbol akademiyasi binolarida bo‘lib o‘tdi.

[gallery-24176]

Mazkur bosqichda Farg‘ona viloyatidan jami 5235 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki smenada o‘tkaziladi.

Bugungi imtihonda o‘quvchilar matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test savollarini 60 daqiqa ichida ishlashi kerak bo‘ladi. 

Birinchi bosqich sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar 2-bosqichda axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan 40 ta masala, ingliz tilidan ham 40 ta test yechishi talab etiladi.  

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA