FOTOREPORTAJ
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar doirasida harbiy okruglar dala-o‘quv maydonlarida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari bilan har yili mart-may oylarida amaliy otish mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
“Farg‘ona” dala-o‘quv maydonida ushbu mashg‘ulotlarga start berilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov, viloyat hokimligi vakillari, 1 ming 700 nafardan ortiq bitiruvchi-o‘quvchilar ishtirok etdi.
[gallery-11258]
Ma’lumot uchun. Joriy yilning aprel oyi davomida “Farg‘ona” va “Sho‘rsuv” dala-o‘quv maydonida viloyatning jami 955 ta umumta’lim maktabidan 18 ming 484 nafar 11-sinf o‘quvchilarini jalb etgan holda amaliy otish mashqlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA