English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik o‘quvchi “Yosh kitobxon” tanlovida “Spark” sohibi bo‘ldi
10:01 / 2021-04-05

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan “Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasi bo‘yicha final bosqichida Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 50-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Muhammadfozil Ismoilov g‘olib bo‘ldi.

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish, ularning badiiy savodxonligini yanada oshirish va mutolaa muhitini shakllantirishda mazkur tanlovning o‘rni beqiyos. Shu bois unda ishtirok etuvchilarning soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. M. Ismoilov ham kitobga mehr qo‘ygan yoshlarimizdan biri. Onasi Mukammal opaning farzandlarini kitobga do‘st bo‘lishida katta o‘rni bor.

Muhammadfozil istalgan kitob haqida soatlab gapiradi. U 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab mazkur tanlovda ishtirok etib keladi. 2019 yilda viloyatda 2- o‘rinni, 2020 yilda viloyatda 1- o‘rinni, Respublikada 7-o‘rinni egallagan. U maktab va tumanda 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlarda faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqda

“Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida 10-14 yosh toifasi bo‘yicha Muhammadfozil Ismoilov 378,9 ball bilan mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Prezident sovg‘asi “Spark” avtomobili sohibi bo‘ldi. Akasi ham mazkur tanlovda kattalar bo‘yicha viloyatda chempion bo‘lib, Respublika bosqichiga chiqqan.  

 

M. Sulaymonov, O‘zA