FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan bosma davriy nashrlar vakillari, tele va radio jurnalistlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
Ta’kidlash joiz, Farg‘onada ommaviy sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan qulay sharoitlar bois, jurnalistlar o‘rtasida turli sport musobaqalari o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan.
Shaxmat bo‘yicha ijodiy va texnik xodimlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Farg‘ona viloyat birinchiligi olimpiya o‘yini tartibida o‘tkazilib, raqiblar qur’a tashlash natijasi asosida aniqlandi. Hamkasblar “aqllar jangi” deya e’tirof etiluvchi shaxmat o‘yinida g‘oliblik uchun keskin va murosasiz bahslar olib bordi.
Musobaqa yakunida erkaklar o‘rtasida birinchi o‘rin “Tohir-Bag‘dod” telekanali muxbiri Zafar Jarqinovga nasib etdi. Ayollar o‘rtasida viloyat teleradiokompaniyasi muxbiri Dilxumor Hosiljonova tengsiz, deya e’tirof etildi.
G‘oliblarga O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Musobaqaning hududiy bosqichi g‘oliblari respublika ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligida Farg‘ona viloyati sharafini himoya qiladi.
[gallery-5503]
Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA