English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik jahon chempioni, karatechi Dostonbek Otabolayev AQSHda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
13:38 / 2022-04-03

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanilik jahon chempioni, karatechi Dostonbek Otabolayev 2022 yil 7-17 iyul kunlari AQSHning Alabama shtati Birmingem shahrida bo‘lib o‘tadigan XI Butunjahon o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz ushbu musobaqaning karate bo‘yicha bahslarida 75 kilogram vaznda gilamga chiqadi. Har bir vazn toifasida dunyoning sakkiztadan eng kuchli karatechilari ishtirok etadigan bellashuvlarda Dostonbekka Abdulla Mamduh Abdulaziz (Misr), Tomas Skott (AQSH), Stanislav Xoruna (Ukraina), Mattio Busato (Italiya), Gabor Xarshpataki (Vengriya), Bahman Asgari Gonche (Eron) va Nurkanat Ajikanov (Qozog‘iston) raqib bo‘ladi.

100 dan ziyod mamlakatdan 3600 nafardan oshiq sportchi ishtirokida bo‘lib o‘tadigan va asosan Olimpiada o‘yinlariga kiritilmagan sport turlarini o‘zida jamlagan XI Butunjahon o‘yinlarida 34 ta sport turi bo‘yicha 223 ta medallar jamlanmasi uchun bellashuvlar o‘tkaziladi.

M. Sulaymonov, O‘zA