FOTOREPORTAJ
Farg‘ona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida ayni paytda 20 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchi hamda 71 nafar tajribali murabbiy mehnat qilmoqda
Ular ko‘magida olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha mahorat sirlarini puxta o‘rganayotgan 400 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz orasida salmoqli natijalarga erishayotgan yoshlarning safi keng. Markaz o‘quvchilari hozirga qadar Sportni rivojlantirish vazirligi va sport federatsiyalari tomonidan o‘tkazilgan respublika va xalqaro musobaqalarda 456 ta medalni qo‘lga kiritishdi. O‘zbekiston terma jamoalariga 146 nafar a’zo va zaxira sportchilar yetkazib berildi.
Darvoqe, “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va velosportchi Dmitriy Bocharov ham ushbu markaz tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.
[gallery-19697]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA