FOTOREPORTAJ
Prezidentimiz farmoyishi bilan milliy iqtisodiyotimizni barqaror yuksaltirish, yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, mamlakatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish borasidagi katta xizmati, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi, shuningdek, biznesda erishayotgan amaliy natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun mamlakatimiz tadbirkorlarining katta guruhi qatorida farg‘onalik 13 nafar ishbilarmon “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bag‘dod tumanidagi “Ferghana Spinning” korxonasida tashkil etilgan viloyat studiyasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ko‘krak nishonlarini tadbirkorlarga tantanali tarzda topshirdi. Ta’kidlash joiz, ushbu sharafga Uchko‘prik tumanidagi «MMA Kamtar - Begoyim» MCHJ rahbari Isroil Abdullayev, O‘zbekiston tumanidagi «Sement xomashyo savdosi» MCHJ ta’sischisi Orifxon Mahmudov, Beshariq tumanidagi «Farg'ona yasin qurilish mollari» qo‘shma korxonasi rahbari Erkin Mahmudov, Uchko‘prik tumanidagi «Mollis» MCHJ ta’sischisi Shavkat Rajabov, Marg‘ilon shahridagi «Merfen-Ko» MCHJ rahbari Rustam Sobirov, Uchko‘prik tumanidagi «Xudoyorxon» oilaviy korxonasi rahbari Irodaxon Sodiqova, Toshloq tumanidagi «Ekspo Kollor Prin Teks» MCHJ rahbari Sarvar Umirzoqov va Buvayda tumanidagi «Lion Print» xususiy korxonasi rahbari Maqsad Shermatov sazovor bo‘ldi.
[gallery-13196]
Farg‘ona shahridagi «Moderna Ceramic Industries Ferghana» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Bahodir Ahmedov, O‘zbekiston tumanidagi «Turon Eco Cement Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Qodirjon Ahmedov va Rishton tumanidagi «Chinor plyus» xususiy korxonasi rahbari Islomjon Oripjonovga mukofotlar poytaxtda Davlatimiz rahbari tomonidan topshirildi.
Xorijda xizmat safarida bo‘lgan ikki tadbirkor – Uchko‘prik tumanidagi «Betonplita» MCHJ rahbari Maqsudxon Mansurov va Buvayda tumanidagi «Yoshlik nihol invest» MCHJ rahbari Asror Haydarovga mukofotlar ular yurtimizga qaytgach, topshirilishi ma’lum qilindi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA