Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik abituriyentlar ham test sinovlarini topshirmoqda
15:07 / 2023-08-01

FOTOREPORTAJ

Farg‘onada 2023/2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga erta tongdan start berildi.  

Farg‘ona politexnika instituti talabasi bo‘lish istagidagi abituriyentlar viloyat futbol assotsiatsiyasiga qarashli futbol maktabi, viloyat yuridik texnikumi sport zali hamda institut sport zalida test sinovlarini topshirmoqda.  

Institut ko‘ngilli talabalaridan tashkil topgan volontyorlar jamoasi imtihon jarayonlarida ota-onalarga o‘z maslahat va yordamini ulashmoqda. Shuningdek, ko‘ngillilar oliy ta’limdagi o‘zgarishlarga jamoatchilik munosabatini bilish maqsadida, maxsus so‘rovnoma ham o‘tkazmoqda.  

[gallery-12983]

Imtihonga kirishda abituriyentlar shaxsini identifikatsiyalash, Face ID orqali tekshirib kiritish, har bir guruhda kamera nazoratini tashkil etish, ushbu jarayonlarni abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari onlayn kuzatishi uchun imkoniyat yaratish e’tiborda.  

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA