Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik 5 nafar shifokorga orden va medallar topshirildi
20:03 / 2022-11-18

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan 5 nafar shifokor e’tirof etilib, orden va medallar bilan mukofotlangandi.  

Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida davlat mukofotlari bilan taqdirlangan farg‘onalik fidoyi tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

[gallery-9653]

Tadbirda boshqarma ma’muriyati xodimlari, viloyat davolash muassasalari rahbarlari, soha vakillari ishtirok etdi.

- Har qanday mukofot – bu el-yurt e’tirofi, xalqimiz ishonchidir. Men bugun mukofotlanganlarning har birini yana bir bor muborakbod etib, ularga Prezidentimiz, xalq ishonch bildirganini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Biz ushbu mukofotlarni har tomonlama munosib bo‘lgan fidoiy shifokorlarning mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatiga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rligining yana bir amaliy ifodasi sifatida qabul qilamiz», - deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abduqayum To‘xtaqulov.

Tadbir davomida Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shifokor va tibbiyot xodimlariga sovg‘alar topshirildi.

 

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA