Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onaga aviaqatnovlar soni oshadi
19:26 / 2021-12-15

“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati zamonaviy va sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida hududlarda uchrashuvlar, ochiq muloqotlar tashkil etmoqda. Xususan, Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda aviachiptalar sotuvi bo‘yicha agentlar, turistik kompaniyalar, tadbirkorlik sub’ektlari vakillari mutasaddilarga o‘z takliflarini bildirdi.

Samimiy muloqot chog‘ida qulay, xavfsiz va ishonchli parvozni ta’minlash borasidagi ishlar, tizimdagi yangiliklar, qulayliklar, raqamlashtirish jarayoni haqida ma’lumot berildi.

–O‘zbekistonning zamonaviy, qulay avialaynerlari yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatib kelayapti, – deydi “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati matbuot kotibi Kamola Ikramova. 

[gallery-5094]

– Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida shaharlararo muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda. Solishtiradigan bo‘lsak, avvallari Farg‘ona shahridan Rossiyaning bir yoki ikki shahriga aviaparvozlar amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi kunda ko‘plab shaharlar qamrab olindi. Bundan tashqari, Turkiyaning Istanbul shahriga muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Sayyor qabul davomida ichki qatnovlarning sonini oshirish, turizm kompaniyalari vakillari tomonidan xalqaro va ichki turizm mintaqalariga parvozlar masalalari yuzasidan biznes takliflar taqdim etildi. Kompaniya vakillari yaqin orada Farg‘onaga shahriga muntazam aviaparvozlar sonini oshirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, tadbirda vodiy havo darvozalaridan xalqaro yo‘nalishlar uchun doimiy qatnovlarni tashkil etish masalasi o‘rtaga tashlandi. Murojaatlarning aksariyati joyida yechim topdi, ayrimlari mas’ullar tomonidan ijroga olindi.

Kompaniyaning malakali mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

M. Sulaymonov, M. Qodirov (surat), O‘zA