French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onadan Urumchiga aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
17:00 / 2025-04-14

O‘zbekiston va Xitoy shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlar kengaytirilayotgan bo‘lib, yana bir yangi – Farg‘ona-Urumchi-Farg‘ona yo‘nalishida aviaparvoz yo‘lga qo‘yilmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Urumchi shahrida yangi aviaqatnovga tantanali start berish marosimida ishtirok etdi.

Mazkur aviaparvoz ikki hududni bog‘lash, savdo, iqtisodiy-investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, turizm yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Parvozlar 18 aprel kunidan boshlab amalga oshiriladi.

M.Sulaymonov, O‘zA