Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onadagi yurish marafonida viloyat hokimi o‘rinbosari va shahar hokimi qatnashdi
16:05 / 2020-11-11

Farg‘ona shahrida “Yangi nafas” dasturi doirasida “Save Aral” xalqaro ekomarafoni sport musoqabasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Marafonda yugurish sport turiga qiziqqan qariyb to‘rt mingga yaqin yoshlar hamda aholi vakillari ishtirok etdi.

Jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish salomatlikni mustahkamlashda katta o‘rin tutadi. Shu bois ham mamlakatimizda sportning ommaviyligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda.

Mazkur musobaqa Al-Farg‘oniy ko‘chasidan boshlanib, Islom Karimov nomidagi teatr va konsert saroyi xiyobonida yakuniga yetdi.

2003-2004 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Nasimjon To‘ychiyev, qizlar o‘rtasida esa Arofat Imomaliyeva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Eng yosh qatnashchi” nominatsiyasida Mohlaroy Usmonova, “Mutloq ayol” nominatsiyasi bo‘yicha Mohina Komilova, “Mutloq o‘g‘il bolalar” nominatsiyasida Nurmuhammad Qosimov g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Mazkur tadbir doirasida aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish ommaviy marafoni o‘tkazildi. Viloyat hokimi o‘rinbosari Fayzullo Qosimov, Farg‘ona shahar hokimi Hamidjon Habibiddinov ishtirokchilar bilan birgalikda unda ishtirok etdi.

Taqdirlash marosimi konsert dasturiga ulanib ketdi. San’atkorlarning qo‘shiqlari musobaqa ishtirokchilari hamda tomoshabinlar kayfiyatiga ko‘tarinkilik ulashishga xizmat qildi.

 

M.Sulaymonov,  M.Qodirov (surat),  O‘zA