Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onadagi shahar va tuman hokimlarini bilasizmi?
08:51 / 2021-03-02

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Farg‘ona viloyatining tuman- shahar hokimlari haqidagi infografika e’lon qilindi.

bugungi kunda mamlakatimizda davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish yuzasidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari 2020 yil 29 dekabr kungi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositalaridan biri – kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishning ochiq tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ushbu tizim asosida kadrlarni tanlashda eski usullardan voz kechib, ularning intellektual salohiyatini, ma’naviy fazilatlarini baholaydigan ochiq va oshkora tanlov tizimi joriy etiladi.

Shu asosida Farg‘ona viloyatida barcha davlat organlari va tashkilotlardagi vakant lavozimlarga meritokratiya tamoyili–kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini odilona va ob’ektiv baholash asosida eng munosib va qobiliyatli shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish hamda ularning xizmat pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilishini nazarda tutuvchi tamoyil asosida ishga qabul qilish yuzasidan tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

Endilikda Farg‘ona viloyatida barcha sektor rahbarlari 13 ta ko‘rsatkich (indikator) bo‘yicha har oy reyting baholash tizimi joriy etildi. Bundan tashqari tuman (shahar) hokimi va uning o‘rinbosarlari har chorakda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan reyting baholab boriladi.

M. Sulaymonov, O‘zA