Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onadagi mahallalarga sport jihozlari topshirildi (+video)
11:31 / 2024-01-30

Bugungi kunda Farg‘ona viloyatida 35 mingdan ziyod yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan bo‘lib, ularga zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.

Olimpiya sport turlari bo‘yicha o‘tgan yilda 763 nafar sportchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.  

Yil davomida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati, kubok musobaqalari, Osiyo va jahon chempionatlari va kuboklarida viloyat sportchilari ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladi. Xususan, jami 3 ming 952 ta medal (1  ming 40 ta oltin, 1 ming 166 ta kumush hamda 1 ming 746 ta bronza) qo‘lga kiritildi. Yoshlarimiz nufuzli xalqaro sport musobaqalarida 379 ta medalga sazovor bo‘lib, davlatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishga erishdi.  

Yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Besh muhim tashabbus doirasida sport yo‘nalishi doirasida 5 ming 103 ta to‘garakka 107 ming 314 nafar yosh jalb etildi. Mazkur olimpiadaning birinchi mavsumida viloyatda g‘olib bo‘lgan yoshlarning mahallalarida 13 ta sport maydonchasi qurildi.  

Joriy yilda ham mahalla yoshlarini sportga jalb etish maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilab olingan. Viloyat sport boshqarmasi tomonidan 1 ming 62 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga sport jihozlari yetkazib berildi. Yoshlar yetakchilari tomonidan 4 turdagi 10 ming 620 dona sport jihozlari qabul qilib olindi.  

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/Tsu7tfEjLoQ" title="Fargʻonadagi mahallalarga sport jihozlari topshirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri