Farg‘ona viloyatidagi 1 ming 62 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholini hayotdan rozi qilish yo‘lida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatilyapti. Viloyatdagi 4 ming 101 nafar kam ta’minlangan xonadonlar ro‘yxati shakllantirilib, ulardagi 5 minn 65 ta oilalarga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha “yo‘l xarita”lari ishlab chiqildi. Hududiy rahbarlar hamda homiylar ko‘magida amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Jumladan,
- 412 nafar fuqarolarning uy-joylari ta’mirlab berildi;
- 2 ming 405 nafar fuqarolarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
- 526 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.
- 421 nafar fuqarolarga tibbiy yordamlar ko‘rsatildi.
- 337 nafar fuqarolarga homiylar va korxonalar tomonidan boshqa yordamlar ko‘rsatildi.

Aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida barcha tuman va shaharlarda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida mingdan ziyod muammolar hal etildi.
2022 yilda 60 ta mahalla binolari zamonaviy loyihalar asosida qurib bitkazildi. 34 ta mebel to‘plamlari hamda 38 ta kompyuter va printer jamlanmalari berildi. 15 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari yangidan qurish va ta’mirlash uchun jami 10 milliard 700 million so‘m pul mablag‘lari ajratildi. 67 ta mahallalar og‘ir hudud toifasiga kiritilgan bo‘lib, ulardagi muammolar yechim topmoqda. O‘tgan yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi asosida 38 ta mahallalarda 427,8 milliard so‘mlik bunyodkorlik ishlari bajarildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish doirasida 716 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarilarda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. 719 ta ob’ektlarda 1 trillion 107 milliard so‘m mablag‘ sarflanmoqda.
Hokim yordamchilari tomonidan 2022 yilda 300,4 ming nafar aholi daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlandi. Tavsiyanomalari asosida 42 mingta loyihalarga 934 milliard so‘m imtiyozli kredit va 4,2 mingdan ortiq ishsizlarga 16,2 milliard so‘m subsidiyalar ajratildi
M.Sulaymonov, O‘zA