Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada yosh kitobxon oilalar ko‘paymoqda
10:52 / 2024-10-17

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichi kitobga mehr qo‘ygan yoshlarning chinakam ma’rifat va zakovat tadbiriga aylandi. Unda shahar va tumanlardan saralanib kelgan oilalar ikkita shart bo‘yicha bellashdi.

Kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini shakllantirishda oilaning o‘rni muhim. Shu bois Besh tashabbus olimpiadasi doirasida  tashkil etilayotgan mazkur tanlov bu borada katta ahamiyat kasb etmoqda.  Farg‘ona viloyatida “Yosh kitobxon oila” tanlovida ishtirok etuvchilar safi kengayib borayotgan bo‘lib, joriy yilda 17 mingdan ziyod kitobsevar juftliklar ro‘yxatdan o‘tgani buni yaqqol ko‘rsatib turibdi.  

-Insonning orzu va maqsadlariga yetishi hamda muvaffaqiyatlarga erishishida kitob eng yaqin do‘stdir, - deydi tanlov ishtirokchisi Dilrabo Rashidova. - Turmush o‘rtog‘im harbiy. Shunday bo‘lsada, kitob o‘qishga vaqt topadi. Uyimizda besh yuzdan ortiq kitoblar bor. Bugungi tanlov esa bizni yanada kitobsevarlikka undamoqda.  

[gallery-19797]

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosalariga ko‘ra, Buvayda tumanidan qatnashgan To‘lqinovlar oilasi135 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi.  

M.Sulaymonov, M.Qodirov (surat), O‘zA