Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada yosh harbiylar forumi bo‘lib o‘tdi
12:44 / 2023-12-18

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona shahridagi Sharqiy harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazida yosh harbiylar forumi o‘tkazildi.

Mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tizimida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish, harbiy qism va muassasalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan samarali foydalanishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi. Tadbir Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari, Farg‘ona viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda hamkorlikdagi tuzilmalar bilan birgalikda tashkil etildi.

[gallery-15110]

Forumda harbiy prokuratura, viloyatda joylashgan kuch tuzilmalaridagi yosh xizmatchilar va xodimlar, faxriylar hamda Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etdi.

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari so‘zga chiqib, yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan yig‘ilganlarni samimiy muborakbod etdi va forumning maqsad, vazifalari hamda 2023 yil davomida yoshlarga oid davlat siyosati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berdilar.

Yil yakuni bo‘yicha “Eng namunali tashkilot yetakchisi” nominatsiyasi ko‘rik-tanlovi natijalari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchisi Bekzod Muhammadov 1-darajali, hamkorlikdagi tuzilma vakillaridan Ahliddin Alijonov 2-darajali va Zuhriddin Usmonov 3-darajali diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida harbiy orkestr jamoasi va iste’dodli yosh xonandalar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA