Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada yilning eng yaxshi hamshiralari aniqlandi
17:42 / 2023-04-29

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialida «Hamshira–2023» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

An’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan mazkur tanlovda hududlar miqyosida o‘tkazilgan bellashuvlarda saralangan 22 nafar hamshira sohaga oid amaliy va nazariy bilimi hamda ijtimoiy-siyosiy savodxonligini sinovdan o‘tkazdi. Tanlov yakuniga ko‘ra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali pediatriya bo‘limi hamshirasi Gulandon Nabijonova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Beshariq tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘lim hamshirasi Charos Sa’dullayeva ikkinchi, O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasi bolalar bo‘limi hamshirasi Mukammalxon Akramova uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.  

[gallery-11641]

G‘oliblarga tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA