English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada yangi farmatsevtik korxona ish boshladi
12:25 / 2021-08-15

Iqtisodiyotning real sektoriga davlat tomonidan berilgan ko‘mak va imtiyozlar samarasi o‘laroq Farg‘ona viloyatida joriy yilning yanvar – iyul oylarida umumiy qiymati 2,7 trln.so‘mga teng bo‘lgan 586 ta loyiha amalga oshirildi.

Birgina farmatsevtika sohasida tibbiyot qo‘lqoplari, surtma va tabletkalar, jumladan, antiseptik vositalar ishlab chiqaruvchi korxonalar soni ortmoqda. Farg‘ona shahridagi “Afrosiyobfarm” mas’uliyati cheklangan jamiyati ulardan biri.

Bu yerda farmatsevtika va antiseptik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 7,8 mln. AQSH dollariga teng ikki bosqichli loyiha amalga oshirilmoqda. Bunda xorijiy kredit mablag‘lari hamda ichki investitsiyalar jalb etildi.Korxona rahbari Behzod Raimovning aytishicha, kredit hisobiga sotib olingan uskunalaro‘rnatilgan va antiseptik vositalar ishlab chiqarish boshlangan.

Korxonada 22 ta ish o‘rni yaratilgan va loyihaning keyingi bosqichida tibbiyot spirti, yod, brilliant ko‘ki (zelyonka), perekis, menovazin, glitsirin kabi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

[gallery-3416]

Muqimjon QODIROV(surat), O‘zA